Ertaga, 29 mart kuni Surxondaryoda Ichki turizm yarmarkasi o‘tkaziladi
Yarmarkadan ko‘zlangan maqsad:
- mavjud turizm obyektlariga aholini keng jalb qilish;
- turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va turistik maskanlarni qo‘llab-quvvatlash;
- turoperator va turagentlarni iste’molchilarga tanitish.
Yarmarka doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
- turistik tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro taqdimot va ko‘rgazmalar;
- “Tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “Tadbirkor bilan mijoz” (B2C) formatidagi uchrashuvlar;
-hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi.
- Manzil: Termiz shahri, San’at saroyi
- Barcha vohadoshlarimizni ushbu yarmarkaga taklif etamiz. Tadbirda qatnashish bepul.