Sariosiyoda “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilalari - yoshlar uchun ibrat maktabi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Bugun, tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova tashabbusi bilan tuman IIB JXX XPB XQMB katta inspektori M.Jo‘rayeva, institutning yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Ravshanqulova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Shaymardanova hamkorligida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilalari - yoshlar uchun ibrat maktabi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida, mutasaddilar tomonidan talaba-yoshlarga oilaviy ajrimlarni shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik holatlarini oldini olish, yoshlarga bugungi kunda oilalarni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.