Sariosiyo tumani hokimligi-Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz!
...
25.07.2024
63 marta o'qildi

Insoniyat paydo bo‘lgan davrlardan boshlab oila ham shakllanib, rivoj topib bordi. Hozirgi tushunchadagi oila madaniyatiga erishilguniga qadar esa bashariyat ko‘p-ko‘p davrlarni bosib o‘tgan. Odam jamiyatdan ayri holda yashashi ham mumkin emas. Jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini esa – oila. So‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatimizda odamlarning baxtli yashashi, oilalar mustahkamligini ta’minlash borasida juda katta va keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

 

Xususan, Sariosiyo tumani hokimligida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Sariosiyo bo‘yicha mutaxassisi J.Mamurov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova, "Nuroniy" jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov va tuman bosh Imom xatibi F.Karomatovlar tomonidan tuman hududidagi hojilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbirda, makkada Haj ibodatini ado etib qaytgan hojilarimizga yurtimiz fuqarolari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ularni mamlakatimizdagi islohotlardan xabardor qilish, aholida shukronalik hissini oshirishga qaratilgan bilimlarni yetkazishga alohida mas’uliyat bilan yondoshuvni taqozo etish ta’kidlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?