...
06.04.2024
99 marta o'qildi

Surxondaryo viloyat hokimi U.B.Qosimov 2024-yil 9-mart kuni Sariosiyo tumanida bo‘lib, tumanda ijtimoy-iqtisodiy, ma’naviy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahallalardagi muammolar va ularning hal etilishi, yo‘l, kommunal xizmatlar ko‘rsatilishi ahvoli bilan tanishib, tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar bergan edi.

 

Shu jumladan, markaziy kanalizatsiya tarmog‘i o‘tgan yo‘lni ta’mirlash va bosqichma-bosqich asfalt yotqizish topshirildi.

 

Topshiriq ijrosi bo‘yicha, Sariosiyo tuman markazidan o‘tuvchi 4R-108B avtomobil yo‘lining 2-7 km. oralig‘ida qayta tiklash asfalto-beton qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?