Sariosiyo tumani hokimligi-Viloyat hokimining tashrifidan so‘ng. 2024-yil 25-aperl
...
25.04.2024
79 marta o'qildi

Sariosiyo tumani 2-sektor hududidagi "Bo‘yrapush" mahallasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida belgilangan chora-tadbirlar asosida ishlar olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

 

Xususan, Surxondaryo viloyat hokimi U.B.Qosimovning 24.04.2024 yilda tumandagi tashrifidan so‘ng, "Bo‘yrapush" mahallasida uy-joy kommunal va yo‘l xo‘jaligi, elektr energiyasi, suv ta’minoti, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, namunaviy mahallani shakllantirish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, tomorqa xo‘jaligidan unumli foydalanish maqsadida tuman prokurori 2-sektor rahbari B.Oltibayev rahbarligida shtab tashkil etildi.

 

Shtab - tuman hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, ijtimoiy soha va boshqa mas’ul idoralar xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan bo‘lib, mas’ullarga qisqa muddat ichida aniq vazifalarni amalga oshirish belgilab berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?