Sariosiyo tumanidagi 57-sonli umumta’lim maktabida “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi hamkorligida faol nuroniylar, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Uch avlod uchrashuvida so‘zga chiqqanlar, faxriylar bosib o‘tgan hayot yo‘llari, tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, bu yo‘lda uchragan mashaqqat va qiyinchiliklar xususida yosh avlod vakillariga hikoya qilib berdi. O‘z oldiga maqsad qo‘yishi va kelajagini rejalashtirishi lozimligi va yoshlarga hayotda o‘z yo‘lini topish, munosib kasb egallash borasida maslahatlarini berdilar.