Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayevning har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulidan tashqari mahallalarda sayyor qabullar, aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, bugungi sayyor qabul tumanning Shabnam mahallasida o‘tkazildi. Qabulda mahalla faollari va fuqarolari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida, fuqarolar tomonidan ichki yo‘lni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash va boshqa masalalarda yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.