...
03.04.2024
58 marta o'qildi

Sug‘oriladigan yerlarda bino va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

 

Qishloq xo‘jaligida foydalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni taʼminlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.

 

 Sug‘oriladigan yerlardan faqat qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, shuningdek bog‘dorchilik, uzumchilik va ko‘p yillik dov-daraxtlar yetishtirish uchun foydalanilishi mumkin.

 

Bunday yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining xulosasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.

 

 Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Huquqiy asos:

Yer kodeksi va (https://lex.uz/docs/152653#154637)PF-5742, 17.06.2019 y. (https://lex.uz/docs/4378526)



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?