Davlatimiz Rahbarining yoshlar va ayollar bilan yangicha tizimda ishlash bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan, Sariosiyo tumanida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun tumandagi ayollar hamda yoshlarni bandligini ta‘minlash va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga asbob-uskuna va jihozlarni topshirishga bag'ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligida bo'lib o'tgan tadbirda tuman hokimi Abduqodir Donayev, mas‘ullar ishtirok etib, 18 nafar fuqarolarga 4 turdagi asbob-uskunalar tarqatildi. Jumladan, yoshlarning 1 nafariga motokultivator, 1 nafariga notebook, 15 nafariga tikuv mashinasi topshirildi.