...
01.05.2024
75 marta o'qildi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarimizning bandligini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan.

 

Jumladan, bugun tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan 2023-yilning sentabr-noyabr oylarida Sebzor mahallasi hududidan 70 (yetmish) nafar yoshlarga bir mavsum davomida to‘qsonbosti (piyoz va sarimsoqpiyoz) ekinlarini ekish uchun vaqtincha foydalanishga topshirilgan yer maydonlaring holati ko‘zdan kechirildi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Yoshlarga topshirilgan yer maydonlarida hozirgi kunda to‘qsonbosti (piyoz va sarimsoqpiyoz) ekinlari ekilgan, ushbu mahsulotlarni ichki bozor va eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?