Inson ma’naviyatining yuksalishida, dunyoqarashining shakllanishida kitobning o‘rni beqiyosdir. U nafaqat bilim bulog‘i, tafakkur xazinasi, balki insonga do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi tarbiyachi hamdir. Shuning uchun ham kitob qadrlanadi.
Respublikamizning barcha hududlarida joriy yilning 22-26 aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostidagi an’anaviy IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Bugun, Sariosiyo tumani “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Axborot-kutubxona markazida an’anaviy IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘z ishini boshladi.
Tadbirda ziyolilar, o‘qituvchi va o‘quvchilar, fan, ta’lim, madaniyat xodimlari ishtirok etishdi.