Tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida tuman Don qabul qilish maskanida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Seminar yig‘ilishida sektor rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamda klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.
Tumanda 2024-yil hosili uchun 2.500 gektar maydonda g‘alla ekilgan bo‘lib, hosilni qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun 4 ta otryad shakllantirilgan, 4 ta mexanizatorlar dam olish maskanlari, 5 ta kombayn, 50 ta tashish texnikalari shay holatga keltirilgan.
Tadbir yakunida kombayn operatorlariga mavsum oldidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.