Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash-bu millati tili va kasbidan qat’iy nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘nalishtirish davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.
Sariosiyo tumani “Xurshid” mahallasida joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabda Termiz Harbiy prokuraturasi va Milliy gvardiya Sariosiyo tumani bo‘limi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirokida “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida o‘quv seminari hamda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Shuningdek , tadbir davomida harbiy qurollardan foydalanish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, kamondan o‘q otish singari ko‘rgazmali mashg‘ulotlar namoyish etildi.