Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo‘limi Sariosiyo tuman inspektor-psixologlari hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan Sariosiyo tuman Sharg‘un shaharida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabning 11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan I chorak yakuni bo‘yicha Respublika hududida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning muhokamasi hamda erta turmush bo‘yicha ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya tuman bo'limi tomonidan umumta'lim maktabida I chorak yakuni bo‘yicha eng faol o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalari berildi.