Davlatimiz rahbari tomonidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Sariosiyo tumani hokimligi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Mehnat yarmarkasida, 35 dan ortiq korxona va tashkilotlar 415 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkada 150 nafardan ortiq fuqarolar yarmarkada ishtirok etishdi. Shundan, 6 nafari doimiy va 38 mavsumiy haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashtirilib yo‘llanma berildi, 12 nafar yoshlarga tadbirkorlik ishlarini boshlash uchun asbob-uskunalar olish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi hamda, 31 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushunchalar berildi.