"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Sariosiyo tumanidagi 110/35/10 kV li "Sharg’un” podstantsiyasi orqali elektr energiya bilan ta'minlanuvchi iste'molchilarni elektr energiyaga bo'lgan talabini qondirish maqsadida quvvati 2 ta 40 000 kVA bo'lgan kuch transformator yetib keldi.
Ushbu ishlar yakunlangandan so’ng Sariosiyo tumanidagi 30 dan ortiq mahallalardagi iste'molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlash imkoniyati yaratiladi.