Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i X.Normamatov tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limi xodimlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida:
Xodimlarini ish faoliyatida Mehnat qonunchiligi talablariga, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi, belgilangan ish vaqtida ishda to‘liq bo‘lishligi yuzasidan hamda xodimlarga korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, korrupsiyaviy harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, uning oqibatlari hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligi yuzasidan tushunchalar berib, ogohlikka chaqirildi.