...
23.05.2024
44 marta o'qildi

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Qultayev hamda Bosh prokuratura huzuridagi I.J.Q.K departamenti tuman bo‘limi boshlig‘i M.Abdurahmonov Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori MChJga tashrif buyurib aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, arzonlashtirilgan bozordagi narx-navo barqarorligi o‘rganib, savdo rastalari holatini ko‘zdan kechirdi.

 

Dehqon bozorida chorvachilik, parrandachilik, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mavjud arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi davom etmoqda.

 

Shunga ko‘ra, mutasaddilar tomonidan mas’ullarga bozorda savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlarga barcha imkoniyatlar yaratib berish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?