Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlatni qurishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiviy qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish joriy yilning 30 aprel kuniga belgilangan.
Joriy yilning 18 mart kuni Surxondaryo viloyati viloyat sudining sudyalari A.Mirzayev, I.Abrayev, sudya katta yordamchisi B.Normurodov, jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi raisi V.Norbekovlar Sariosiyo tumanida joylashgan “Mahalla markazi”ga tashrif buyurib O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiviy qonun loyihasining mazmun mohiyati, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirishning shart-sharoiti haqida tushuntirish ishlari olib borildi.