Sariosiyo tumani hokimligi-Mahalla hududida, xotin-qizlar huquqbuzarligi hamda oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni oldini olish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
...
24.07.2024
101 marta o'qildi

Sariosiyo tumanidagi 4-sonli Musiqa va san’at maktabida tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularda huquqiy madaniyat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga dahldorlik hissini oshirish choralarini ko‘rish, oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish orqali oilalardagi sog‘lom va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

 

Unda, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlaro sudi raisi, tuman bosh imom xatibi va noiblari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Uchrashuvda, so‘nggi yillarda ayollar va bolalarning turli zo‘ravonlik va tahdidlarga uchragani haqida xabarlar ko‘payib borayotgani, jabrlanuvchilar begona shaxslar zug‘umidan ko‘ra, oilaviy zo‘ravonlikdan ko‘proq aziyat chekishayotgani hamda bunday ayanchli holatlar esa ayollar va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirishni taqozo etayotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?