...
17.01.2025
15 marta o'qildi

Xabaringiz bor,  Sariosiyo tumani M 41 avtomobil yo‘l bo‘ylab amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarning rejalari tuzilib, tegishli chora-tadbirlar bo‘yicha vazifalar belgilab olingan edi.

 

Shunga ko‘ra, tuman hokimi Abduqodir Donayev, viloyat hokimining o‘rinbosari A.Amirov, sektor rahbarlari va mas’ullar ishtirokida yo‘l bo‘ylarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, M 41 magistral yo‘li bo‘yidagi obodonlashtirish ishlari o'rganildi.

 

Xususan, mas’ullarga M 41 avtomobil yo‘li bo‘ylab dala chetlari, bo‘sh maydonlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlar ekish, daraxtlarni butash, shakl berish-oqlash masalalar, ichki ariqlarni qazish, tozalash, betonlashtirish, bahor mavsumiga tayyorlash hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

 

https://t.me/sariosiyohokimligi/53624 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?