Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi.
Sariosiyo tuman prokurori 2-sektor rahbari B.Oltibayevning tashabbusi bilan 2-sektor hovlisida aholini, xususan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni ma’naviy salohiyatini va kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ma’naviyat kitobxonasi tashkil etildi.
Kitobxona fondiga yangi adabiy, badiiy va ilmiy kitoblar kiritildi.