Sariosiyo tumani hokimligi-Jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi
...
13.07.2024
74 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi M.Amonto‘rayev, tuman sektorlari rahbarlari hamda profilaktik inspektorlari ishtirokida oʻtkazilgan muhokama yigʻilishida sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan profilaktika inspektorlarining hisoboti tinglandi.

 

Jinoyatlarning sabablari, kelib chiqish omillari tahlil qilindi. Muhokamada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi.

 

Muhokamada, tuman hududida ogʻir va oʻta ogʻir turdagi, ayniqsa oila turmush doirasida sodir etilishi mumkin boʻlgan ogʻir tan jarohati yetkazish va qotillik kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, kelgusida “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizimi, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?