O‘bekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritayotgan inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etib kelmoqda.
Malaka oshirish kurslari joriy yilning 4 noyabrdan kunidan Davlat boshqaruv akademiyasi Qarshi hududiy filialida boshlanib unda Surxondaryo viloyatidagi Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan kadrlarlar bilan ishlash bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari ishtirok etmoqda. Shuni alohida qayd etib o‘tish kerakki, shu kunga qadar Surxondaryo viloyatidan 64 nafar inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish xodimlarining malakasi oshirildi.
O‘quvlar davomida akademiyaning proffessor o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga nazariy bilimlardan tashqari, amaliy seminar-trening mashg‘ulotlari ham o‘tkazilib, ularning boshqaruv, liderlik, jamoada ishlash, muloqot qilish, stress holatlarini bartaraf etish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur o‘quvlarda kadrlar bilan ishlash bo‘limi mas’ullarini o‘z xizmat vazifalarini to‘laqonli bajarishlari uchun lozim bo‘lgan mavzular tanlab olingan. Jumladan, tashkilot faoliyatini strategik tahlil qilish, Yangi O‘zbekiston davlati va faol fuqarolik jamiyatida zamonaviy kadrlar rolini kuchaytirish, xodimlar motivatsiyasi, tashkilotda ish yuritish, jamoani shakllantirish, ish faoliyati samaradorligini oshirish kabi mavzular qamrab olingan. Ushbu o‘quvlarning yana bir muhim jihati, turli sohalarda faoliyat olib borayotgan kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlariga o‘zlarining bilim va tajribalarini o‘zaro almashish imkoniyatini beradi.
Davlat boshqaruv organlarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi mas’ullari uchun tashkil etilgan 30 soatlik malaka oshirish kursi yakuni bilan tinglovchilardan test sinovlari olinadi.
Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.
O‘quvlar davom etmoqda.