Viloyat hokimligi ishchi guruhi a’zolari, tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda tuman prokurori B.Oltibayev bilan birgalikda mahallada uy-joy kommunal va yo‘l xo‘jaligi, energiya, suv ta’minoti, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, namunaviy mahallani shakllantirish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahallada “Sayxunobod” tajribasini keng qo‘llash bo‘yicha tomorqa xo‘jaligidan unumli foydalanish maqsadida, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar va mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandilar.
Shuningdek, mahallada fuqarolarning bandligini ta’minlash va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.