...
17.04.2024
47 marta o'qildi

Xabar berilganidek, joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumanida YUNESKO shafeligida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladi.

 

Hozirda xalqaro festivalga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan, festivalga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Boysun tumanining “Xo‘jaqo‘shg‘or ota” hududidagi tog‘ yonbag‘rlaridagi bahavo joylar, yashil maysazorlarda piknik zonalar tashkil etildi.

 

Mazkur piknik zonalarda tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz sharoitlar yaratilib, tabiat va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda o‘rindiq, urna, soyabonlar o‘rnatmoqda.

 

Ushbu maskanlarda dam olishingiz hamda tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

 

Piknik zonalar manzillari:

Geolokatsiya (https://maps.app.goo.gl/39nuNdCNh6eMFRCE9)



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?