...
20.05.2024
62 marta o'qildi

Sariosiyo tumani Billur mahallasidagi 47-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari hamda aloqador tashkilot va idoralar rahbarlari bilan birgalikda “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

 

Billur mahallasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi doirasida obodonlashtirish, yo‘llarni toshlash, elektr tayanch ustunlari o’rnatish, aholi bandligini ta’minlash, xorijdagi va xorijdan qaytgan fuqarolar bilan ishlash, ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash, xonadonlar obodligi hamda tomorqadan ekin ekib hosil olish kabi bir qator ishlar amalga oshirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?