...
13.07.2024
47 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni qabul qilish maqsadida “yashirin_iqtisodiyot_takliflar (https://t.me/YashirinIqtisodiyotTakliflarBot)” nomli telegram boti ishga tushirildi.

 

Ushbu bot orqali qurilish, farmasevtika, ulgurji savdo, xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport sohasi, umumiy ovqatlanish, turizm, ko‘chmas mulk savdosi, alkogol, bozorlar, soliq imtiyozlari, soliq to‘lovlari, soliq tekshiruvlari, soliq ma’murchiligi, raqamlashtirishdagi mavjud muammolar, korrupsiyani oldini olish hamda ma’muriy tartib-taomillar kabi bir qator yo‘nalishlarda shakllangan xufiyona aylanmalarni oldini olishga qaratilgan takliflar bildirish mumkin.

 

Eslatma: ushbu telegram bot orqali individual murojaatlar emas, balki tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?