...
20.05.2024
74 marta o'qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi ““Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida“gi PF-37-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning may-iyun oylari davomida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan.

 

Xususan, bugun 19-may kuni Sariosiyo tumanida ham 600 nafarga yaqin yoshlar ishtirokida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida, Yangi Oʻzbekiston bogʻida katta marafon tadbiri o‘tkazildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?