...
08.01.2025
19 marta o'qildi

Jalolov Zafarjon Sayfitdinovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

 

Z.Jalolov 1989-yilda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent davlat irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - suv xo‘jaligi va melioratsiya.

 

Mehnat faoliyati davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sariosiyo tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sariosiyo tumani Kengashi raisi lavozimlarida ishlagan.

 

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi lavozimida faoliyat yuritgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?