Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo tumaniga qarashli “Shabnam” MFYning tog‘li Vochax qishlog‘ida qishloq vrachlik punkti qurilishi uchun amaliy yordam so‘ralgan” murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
O‘rganishda, Vochax qishlog‘i tuman markazidan 60-70 km. uzoqlikda joylashgan bo‘lib qishloqda 17 xonadonda 120 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ushbu aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 68-sonli Oilaviy poliklinikasi tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Vochax qishlog‘ida tibbiy xizmat va emlash ishlarini olib borish uchun 68-sonli Oilaviy poliklinika tibbiy og‘asi Xo‘doyqulov Xasan tomonidan olib borilmoqda, jumladan, hududda o‘tkazilgan aholi bilan uchrashuvlarda, Vochax qishlog‘ida istiqomat qiluvchi aholiga tibbiy xizmat olib borish uchun mahallada yashovchi Berdiyev Axmat Guliston OSHPga patronaj tibbiy og‘asi vazifasiga ishga qabul qilinib ushbu hududda faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan.
Amaldagi qonun talablariga muvofiq, QVP 1500 va undan ortiq aholi yashaydigan joylarda tashkil etilishi belgilanganligi sababli, ushbu aholi punktida aholi soni kamligi sababli QVP qurilishi uchun mahalliy budjetdan mablag‘ ajratish imkoni yo‘q.
Bundan tashqari, aholi va homiylar tomonidan tashabbus ko‘rsatib o‘z mablag‘lari hisobidan hamda openbudjet tashabbusli budjet loyihasi orqali ovoz berish yo‘li bilan Tibbiyot punkti qurish mumkinligi haqida ma’lum qilinadi.