Sariosiyo tuman prokurori 2-sektor rahbari tomonidan xalq bilan doimiy muloqot olib borish, "xonadonbay" yurish orqali fuqarolar, xususan yoshlarni muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal qilish maqsadida bugun tumanning “Lochin” mahallasidaga aholi va yoshlar bilan uchrashib, navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Uchrashuv tuman prokurori o‘rinbosari A.B.To‘rayev tomonidan tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari, sektor shtabi a’zolari hamda “Lochin” mahallasi fuqarolari ishtirokida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida, fuqarolar va yoshlar tomonidan imtiyozli kredit va moddiy yordam ajratish, maishiy gaz balon bilan ta’minlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarda yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, nazoratga olingan holda ijroga qaratildi.