...
25.06.2024
82 marta o'qildi

“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan:

 

jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi joriy etiladi;

 

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi;

 

jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi tartibi belgilandi;

 

tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi;

 

tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

 

Tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati:

 

  1. a) quyidagilar bo‘yicha sanksiyalar:

qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma;

qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq, iltimosnoma;

pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma;

murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;

 

pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;

tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma;

telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;

mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;

 

  1. b) quyidagilar bo‘yicha majburlov choralari:

ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;

shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;

ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;

  1. v) prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
  2. Quyidagilar tergov sudyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

qonunchilikda belgilangan tartibda tergov sudyasiga yuklatilgan vazifalarni adolatli va xolisona bajarish;

qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlash;

fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yo‘li bilan samarali himoya qilish.

 

Surxondaryo viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi J.Xudoyberdiyev



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?