...
29.04.2024
70 marta o'qildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga qarashli “Farhod” ayollar “Muruvvat" uyida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish va bemorlarni davolash shakllari va metodlari takomillashtirilib, xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifati oshirilmoqda. Jumladan, ichki a’zolar, yurak-qon tomir, asab va tayanch-harakat tizimlarida kasallik va turli jarohat asoratlari mavjud, nogironligi bo‘lgan shaxslarda reabilitatsiya qilishning individual dasturlariga muvofiq tibbiy, ijtimoiy-kasbiy, ijtimoiy, psixologik va kasbiy reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish maqsadida zamonaviy Reabilitatsiya xizmat ko‘rsatish bo‘limi ochildi.

 

Bunda xorijiy davlatlar tajribasi, zamonaviy texnologiyalar, ish uslublaridan foydalaniladi.

 

Shu paytgacha nogironlik va nogironlikka olib keluvchi xastaliklarni davolash, uning asoratlarini kamaytirishga ko‘proq e’tibor qaratib kelingan bo‘lsa, Yangi Reabilitatsiya xizmat ko‘rsatish bo‘limida nogironlikni keltirib chiqaruvchi sabab va omillarni ilmiy asosda o‘rganish, erta aniqlash choralari ko‘riladi.

 

Bu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nogironlik holatlarining oldini olish, aholining salomatlik ko‘rsatkichlarini oshirish va pirovardida mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo‘shish mumkin.

 

“Farhod” ayollar “Muruvvat" uyida ayni paytda statsionar bo‘lim, fizioterapiya, nevrologiya va boshqa bo‘limlar mavjud. Nevropatolog, terapevt, travmatolog-ortoped singari o‘ndan ortiq malakali shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqda.

 

Bir so‘z bilan aytganda, yangi Reabilitatsiya xizmat ko‘rsatish bo‘limi aholiga bepul xizmat ko‘rsatish bilan birga  faoliyatini yangicha asosda yo‘lga qo‘yish uchun amaliy ishlar boshlab berdi va bu yaqin orada o‘zining ijobiy natijasini beradi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?