Sariosiyo tumanidagi 6-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari Xudoyorova Mohinur, Narzullayeva Mehriniso va Tursunova Shabnam joriy yil 8-10-sentabr kunlari ilk marta O'zbekistonda sportning shotakan karate do turi bo‘yicha o'tkazilgan 13-JAHON CHEMPIONATI musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar.
O'zbekistondagi Jahon chempionati musobaqalari natijalariga ko'ra, Narzullayeva Mehriniso 1 ta oltin, 1 ta bronza medali, Xudoyorova Mohinur 2 ta kumush, 1ta bronza medali, Tursunova Shabnam 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Yana bir jihatga etiboringizni qaratsangiz, 30 dan ortiq davlatlar, 2000 dan ortiq bolalar ishtirok etayotgan Jahon chempionati musobaqalarida O‘zbekiston jamoasi 2-o‘rinda.
Chempionlarimizning keyingi ishlariga rivojlar tilab qilamiz .
Biz bu o'quvchilarimiz bilan faxrlanamiz!