"Obod qishloq" va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish doirasida joriy yilda tumanimizda jami 2 ta "Ehtirom" hamda "Nurbuloq" mahallalarida qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bu katta ko‘lamdagi say-harakatlar evaziga tumanimizning eng og‘ir hududlariga ham shahar tipidagi infratuzilma kirib boradi. Jumladan, yo‘llar ta’mirlanib, har bir xonadonga elektr tarmoqlari, gaz, suv yetkazib berish sifati yaxshilanadi.
Jumladan, tumanning "Ehtirom" mahallasidagi ichki yo‘llar va tuproq ko‘chalarga tosh-shag‘al to‘kilib syement-beton qoplamali va asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda, mahallaning "Hazarbog‘" ko‘chasida sement-beton qoplamali yo'l qurilish ishlari olib borilmoqda.