Yoshlarga amaliy ko'mak berilmoqda
Surxondaryo viloyati hokimi U.B.Qosimov topshirig‘iga asosan Sariosiyo tumanida Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.S.Namozovga biriktirilgan 30 nafar yoshlarga o‘zini o‘zi band qilish maqsadida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shundan 12 nafar yoshlarga asbob-uskuna berildi, 2 nafar yoshlarni safarbarlik chaqiruvi rezervi to‘lov badali to‘landi, 4 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomasi o‘qishi uchun to‘lovlar to‘landi, 1 nafar yoshga IT sohasida ta’lim olish uchun 6 oylik bepul kursga jalb qilindi.
(https://t.me/sariosiyohokimligi/22744?single)Shuningdek, 1 nafar yoshga o‘zini tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit asosida o‘z xonadonidan issiqxona quriladigan bo‘ldi hamda
1 nafar yosh qizimizga sog‘ligini tiklash maqsadida pul mablag‘i ajratib berildi.
Qolaversa 8 nafar yoshlar turli xil korxonalarga jalb qilinib ishga joylashtirildi va muddat talab etiladiganlarga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.