Sariosiyo tumani hokimligi-Yoshlar ertamiz egalari
...
07.05.2023
147 marta o'qildi

Yoshlar ertamiz egalari
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan oʻtkazgan yigʻilishidagi nutqida “Barcha rahbarlar bir narsani bilib olsin: ertangi kunimiz egalari boʻlgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi! deya aytgan edi.
Ushbu soʻzlarni amaliyotga joriy etish maqsadida 6 may kuni tuman Madaniyat markazida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, "Har bir yosh bizning farzandimiz ertangi kelajagimiz" mavzusi doirasida tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimi oʻrinbosari Asqarali Qurbonov, psixolog inspektorlar, volontyorlar, yoshlar yetakchilari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga koʻmaklashish, har bir yosh jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish kabi bir qator vazifalar yuzasidan fikr almashib kelgusi ustuvor rejalar belgilab olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?