Yil sarhisobi: Ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifida To‘palang suv omboridan ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasining birinchi bosqichiga start berilib, 4 ta tumanning 1 mln. ga yaqin aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Shuningdek, loyihani davom ettirish uchun Prezidentimiz tomonidan yana 132 mlrd. so‘m ajratilib, 2024-yil yakunigacha Termiz shahriga qadar suvni yetkazib berish maqsadida qurilish ishlari davom ettirilmoqda.
Bundan tashqari, davlat dasturi doirasida viloyatda jami 995 km tarmoq va 174 ta ichimlik suvi inshootlari qurildi. Mahalliy budjet va homiylik mablag‘lari evaziga 175 km ichimlik suv tarmoqlari qurilib, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 110 ta mahalladagi 1 600 ta xonadonda yashovchi 8 500 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Natijada, 32 ta mahalladagi 58 ming aholi ilk bor ichimlik suvi yetkazib berilgan bo‘lsa, 272 ta mahalladagi 390 ming aholining suv ta’minoti yaxshilandi.
Foto: Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘palang suv omboridan ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasining birinchi bosqichini ishga tushirdi.