...
11.03.2023
129 marta o'qildi

Yashil makon o‘z hududimizdan boshlanadi
Xalqimizning qadimiy an’analari va urf-odatlariga binoan, daraxt ekish jarayoni nuroniylarning duolari bilan boshlandi, yaxshi niyatlarning ijobati, xayr-baraka so‘raldi. 
“Yashil makon o‘z hududimizdan boshlanadi” shiori ostida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga ko‘plab mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan bugun 11-mart kuni Sariosiyo tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi S.Qosimov tashabbusi bilan Sariosiyo tuman M.Ulug‘bek mahallasida Sariosiyo tuman bo‘linma "VETERAN" jangchi-faxriy va nogironlar birlashma Kengashi raisi N.Ismoilov hamda bir guruh nuroniylar ishtirokida mevali va manzarali daraxt ekish ishlari olib borildi.
Umummilliy loyiha doirasidagi ishlar tumanning barcha hududlarida mahallalarida uyushqoqlil bilan davom etmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?