Yashil makon loyihasi amalda
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, shahar va qishloqlarda koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.
Ushbu hayrli ishga hissa qo'shish maqsadida bugun tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida, sektor rahbarlari, tuman korxona va tashkilot rahbarlari, obodonlashtirish bo‘limi xodimlari bilan birgalikda Shoqishloq mahallasida 3 gektar yer maydonida 5 mingga yaqin turli xil mevali va manzarali daraxt ekish ishlari olib borildi.
Yashil makon loyihasiga hissa qoʻshish vatanparvarlik, elparvarlik va donishmanlik namunasi. Yurt ravnaqi, mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligi, avlodlar saodati yoʻlidagi ezgu ish. Unda faol ishtirok etish oʻzini oqil va fozil hisoblagan har bir insonning dolzarb vazifasi hisoblanadi.