Yangi yilda munosib tuhfa
Bugun Azizov Botir o‘ziga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan judayam minnatdor.
Prezidentimizning “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori ijrosi doirasida tumanimizdagi 1 nafar bolaga yangi yil arafasida uy topshirildi.
–Bugun hayotimda eng quvonchli va bir umr yodimdan chiqmaydigan quvonchli voqea bo‘ldi, – deydi Azizov Botirjon – Yangi yil arafasida uyli bo‘ldim. Shodligimning cheki yo‘q. Vatanimga, Prezidentimizga bo‘lgan ishonchim, muhabbatim yanada oshdi.
Topshirilgan uylar zamonaviy ta’mirlangan. Eng asosiysi, uy-joyga ega bo‘lgan tumandoshimiz ham orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami bo‘lgan yangi yilni o‘z uylarida, yangi niyatlar bilan kutib oladigan bo‘lishdi.