...
19.12.2022
184 marta o'qildi

Yangi yil bayrami arafasida aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida savdo yarmarkalarining tashkil etilishi anʼanaga aylangan. Shu bois Sariosiyo tuman Dehqon oziq-ovqat bozorida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mavjud savdo yarmarkasi o'z ish faoliyatini boshladi.

Unda dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari "Yangi yil yarmarkalari" rastalarida barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzon narxlarda taklif etilmoqda. Bayramoldi yarmarkalarda mahsulotlar narxining bozorga nisbatan arzonligi aholiga manzur bo‘lmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?