MIBning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Xalmuratov Azamat Payzilovich Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
A.Xalmuratov 1980-yilda Termiz tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. Mehnat faoliyati davomida viloyat prokuraturasida, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Mazkur tayinlovga qadar u Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.