Sariosiyo tumani hokimligi-Yangi tayinlov 2024-yil 29-may
...
29.05.2024
108 marta o'qildi

Tursunov Murodilla Xolsaidovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

 

M.Tursunov 1979-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – buxgalteriya hisobi va audit.

 

Mehnat faoliyati davomida Markaziy bankning Surxondaryo viloyati boshqarmasida bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘i, birinchi o‘rinbosar va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi bo‘lib faoliyat yuritgan.

 

Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?