Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi
Sariosiyo tumanida "Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun" bosh g‘oyasi asosida 38-sonli umumo‘rta ta’lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
Tadbirga “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, “Sebzzor” mahalla fuqarolar yig‘inining “Keksalar maslahat” guruh a’zolari, faol nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdilar.
Tadbirda so‘zga chiqan S.Qosimov tomonidan mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotganligi, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylanganligini ta’kidlab o‘tdi
Shundan so‘ng so‘zga chiqan otaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlari va yuqutlari, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdilar.
Uchrashuv yuqori saviyada savol javob tariqasida ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi.