Sariosiyo tumani hokimligi-Xotin-qizlarning banligini ta'minlash yo'lida
...
29.04.2023
108 marta o'qildi

 

Xotin-qizlarning banligini ta'minlash yo'lida

Sariosiyo tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, bandligini ta’minlash borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.

Jumladan bugun Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev va Uzun tuman hokimi tashabbusi bilan yirik tekstil korxonalari "Surxon Sifat Tekstil" MCHJ hamda "Zarafshon tekstil" MCHJda ishlash istagida bo'lgan xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur mehnat yarmarkasida 2 ta tumandan tashrif buyurgan 300 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etib korxona faoliyati, ishchi xodimlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi hamda ularga korxonadagi mavjud mos ish o‘rinlari taklif etildi.

Eslatib o'tamiz, 29 aprel kuni Abduqodir Donayev tumanda faoliyat olib borayotgan yirik tekstil korxonalari "Surxon Sifat Tekstil" MCHJ hamda "Zarafshon tekstil" MCHJda bo‘lib, korxonalarning faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonida mazkur korxonalarning ishchi kuchiga bo'lgan talabi mavjud ekanligini inobatga olib korxona rahbarlari bilan birgalikda mehnat yarmarkasi tashkil etish rejalashtirilgan edi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?