Kuni kecha Sariosiyo tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova mahallada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollariga ish faoliyatida foydalanish maqsadida 61 ta planshetlarni o‘z egalariga topshirdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad hozirgi kunda har bir mahalalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollarining ish sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish va kelgusi ishlarini jadallik bilan tashkil etishdir.