Sessiyani Xalq deputatlari tuman kengashi raisi Xujaqulov Abdisalom Pardayevich boshqarib bormoqda. Kengash raisi kun tartibida ko‘rilishi belgilangan o'n oltita masala bilan barchani tanishtirdi.
Ushbu birinchi masala "Korrupsiyaga qarshi kurashish Sariosiyo tuman hududiy Kengashining joriy yilning 11 oyidagi faoliyati to‘g‘risida" tuman Xalq ta’limi bo‘limi boshlig'i o'rinbosari A.Jumayevning hisoboti tinglanmoqda.
Ushbu sessiyani tuman hokimligi matbuot xizmatining Instagram (https://instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__?igshid=YmMyMTA2M2Y=) dagi sahifasi orqali jonli efirda tomosha qilishingiz va o'z fikr mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.