...
25.02.2023
92 marta o'qildi

Viloyat hokimining tashrifidan so‘ng

Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov tashabbusi bilan haftaning har shanba kunlari madaniyat va san‘atni rivojlantirish va aholiga ko‘tarinki xush kayfiyat ulashish maqsadida bugun 25 fevral kuni tuman madaniyat markazida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konsert dasturida tuman hokimi o‘rinbosari A.Qurbonov va tuman maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.

Konsert dasturidan ko‘zlangan maqsad tumanda ma‘naviy-ma‘rifiy targ‘ibotni amalga oshirish, madaniy xordiq olish va yaxshi kayfiyat ulashishdir.

Tadbirda tuman madaniyat xodimlari tomonidan diltortar kuy va qo‘shiqlar, qiziqarli chiqishlar barcha konsertda tashrif buyurgan xodimlar va bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuni takidlab o‘tish joizki endilikda tuman madaniyat markazida haftaning har shanba kunlari muntazam ravishda konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi (https://t.me/sariosiyohokimligi/22903?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?